Shaxmat: Abdusattorov Nepomnyashiyga yutqazib qo‘ydi
Kecha, 21-yanvar kuni Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida o‘tayotgan Tata Steel Chess musobaqasi 8-turida Yan Nepomnyashiy va Nodirbek Abdusattorov to‘qnash keldi.
Oq donalar bilan o‘ynagan Nepomnyashiy va Abdusattorovni 65-yurishda mag‘lub etdi.
Hozirda Abdusattorov 8 o‘yinda 4,5 ball to‘plab, jadvalda 4-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Nodirbek ushbu xalqaro turnir «Masters» guruhidagi bahslarining 7-turida Anish Girini 1-0 hisobida mag‘lub etgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter