Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo‘rqitib pul talab qilish jinoyat sifatida baholanadi

Shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo‘rqitib pul talab qilish jinoyat sifatida baholanadi

Foto: Xabar.uz

Shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo‘rqitib pul talab qilish tovlamachilik deb baholanadi.

Bu joriy yil 19-yanvar kuni qabul qilingan O‘RQ–899-sonli qonun bilan belgilab qo‘yildi.

Ya’ni, mazkur qonun bilan Jinoyat kodeksining 165-moddasi birinchi qismiga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, endilikda tovlamachilik, ya’ni jabrlanuvchiga yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish, mulkiga shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchining axborot resursini yo‘q qilish, o‘zgartirish, egallab olish yoki to‘sib qo‘yish yoki jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo‘rqitib mulk talab qilish ham tovlamachilik sifatida jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring