«Sher bilan selfi» dahshatli yakunlandi
Hindistonda sher o‘zi bilan selfi tushmoqchi bo‘lgan erkakni g‘ajib tashladi, deb yozadi Times of India. Suratga tushish uchun erkak xavfsizlik qoidalarini buzgan va yirtqichning qafasiga kirgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Prahlad Gujjar ismli erkak selfi qilish uchun sherlar o‘rasi yonidagi taqiqlangan hududga chiqqan. Ajoyib suratga olish uchun hindistonlik bir metr balandlikdagi himoya devoridan oshib o‘tdi va o‘zini yirtqich bilan yuzma-yuz ko‘rdi. Huquqbuzar uni qaytarmoqchi bo‘lgan hayvonot bog‘i xodimining qichqirig‘iga ham parvo qilmadi.
Qayd etilishicha, 12 yoshli sher darhol erkakka hujum qilgan va uni 10 daqiqa ichida g‘ajib tashlagan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Praxlad mast holatda bo‘lgan va vaziyatning xavfliligini to‘liq tushunmagan. Bundan tashqari, odamlar u sherning g‘azabini keltirganini aytishmoqda.
Hayvonot bog‘i ishchilari Gujjarga yordam berishga urinib, sherni o‘radan chiqarib olishdi; hozirda yirtqich izolyasiya qilingan va veterinariya shifokorlari nazorati ostida. Shuningdek, hayvonot bog‘ida bunday holatlar takrorlanmasligi uchun ehtiyot choralari kuchaytirilishi ma’lum qilindi.
Avvalroq chiqindi tozalovchi yo‘lbars foydalanuvchilar e’tiboriga tushgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter