Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sheriklari bilan 145 mlrd so‘mni o‘zlashtirishga uringan bojxona mansabdori qamoqqa olindi

Sheriklari bilan 145 mlrd so‘mni o‘zlashtirishga uringan bojxona mansabdori qamoqqa olindi

145 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ni sug‘urtalash orqali o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan bojxona mansabdori hibsga olindi. U bo‘lim xodimi maqomidagi shaxs bo‘lib, to‘lovlar bo‘limida ishlagan  va u sug‘urta kompaniyasi bilan til biriktirgan.

Ya’ni, xodim bojxona tizimida bor bo‘lgan sug‘urta polisi asosida to‘lovlarni ma’lum muddatga kechiktirishga ruxsat berish amaliyotidan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanib kelgan. Bojxona xodimi sug‘urta kompaniyasi bilan kelishib, uning manfaatini noqonuniy ravishda himoya qilgan.

Bojxona qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Ilhom Muxtorovning bildirishicha, xodim qo‘mitaning o‘z xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda 2−3 oy kuzatuvda bo‘lgan. Kuzatuv davomida uning jinoiy guruhlarga aralashib, ularning manfaatlari uchun xizmat qilgani aniqlangan. 

Xizmat tekshiruvi asosida u 23 noyabr kuni ishdan bo‘shatilgan. Jinoiy sheriklar – sug‘urta kompaniyasining bir-ikki xodimi chet elga qochib ketgan, ular qidiruvga berilgan.

– Bu yerda bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash yo‘nalishidagi bir amaliyot — sug‘urta kompaniyalaridan taqdim qilingan sug‘urta polisi asosida ma’lum muddatga bojxona to‘lovlarini kechiktirish uchun ruxsat berish haqida gap ketyapti. Ruxsat berish jarayonida o‘sha xodim sug‘urta kompaniyasi bilan jinoiy til biriktirgan. Qo‘mita rahbariyati tomonidan bu sxemani aniqlash bo‘yicha topshiriq berilgan. Joylardan olingan ma’lumotlar asosida tekshiruv natijasida 145 milliardga yaqin mablag‘ sug‘urtalash orqali o‘zlashtirishga erishmoqchi bo‘lishganini aniqladik. Bojxona organlari huquqni muhofaza qiluvchi organ. Xodimimiz ustidan kerak bo‘lsa, o‘zimiz jinoyat ishi qo‘zg‘atib, o‘zimiz tegishli idoralarga olib borib topshirish imkoniyatimiz bor, – deydi Ilhom Muxtorov.

Hozirda 145 milliard so‘m zarardan 84 milliard so‘mi undirishga erishilgan. Kompaniyaning bir-ikki xodimi chet elga qochib ketgan, ular qidiruvga berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring