Sherzod Ibragimov Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Sherzod Shokirovich Ibragimov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Sherzod Ibragimov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Mazkur tayinlov bilan u Milliy gvardiya rahbariyatidagi muhim lavozimlardan biri — qo‘mondonning birinchi o‘rinbosari sifatida xizmat faoliyatini davom ettiradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter