Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov  «EPAM Systems» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi

Sherzod Shermatov  «EPAM Systems» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi

Foto: «Mitc.uz»

21-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov «EPAM Systems» ofisida kompaniya rahbariyati bilan uchrashdi.

Vazir «EPAM Systems» faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘zaro muloqotda ushbu kompaniya faoliyatini yanada rivojlantirish, xususan, IT-Park rezidentlari uchun osonlashtirilgan vizalarni taqdim etish, yirik axborot texnologiyalari ishtirokida sohaning muhim tadbiri (IT Global MeetUp)ni tashkillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

«EPAM Systems» — IT-Park rezidenti hisoblanadi, kompaniya o‘zi uchun kerakli mutaxassislarni tayyorlash ishlarini ham amalga oshirmoqda. Kompaniya axborot texnologiyalari mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan mahalliy o‘quv muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Xususan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent shahridagi Amiti universitetida «EPAM» laboratoriyalari tashkil etildi. 2021-yilda kompaniya ishtirokida 100 ga yaqin IT-mutaxassislar tayyorlandi.

Ma’lumot uchun: «EPAM Systems» — dasturiy ta’minot ishlab chiqish va IT-sohada konsalting xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha jahondagi eng yirik kompaniyalardan biri. Kompaniya 30 dan ziyod mamlakatlarda faoliyat yuritmoqda. Kompaniya MDH davlatlarida o‘z vakolatxonalarini ochgan (Rossiya, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston). Xodimlari soni 43 ming nafardan ortiq.
Kompaniyaning O‘zbekistondagi filiali 2019-yilda ochilgan bo‘lib, hozirda 300 nafardan ortiq mutaxassislar faoliyat yurityapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring