Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor kasal xotinini emlash uchun vaksina o‘g‘irladi — Germaniya

Shifokor kasal xotinini emlash uchun vaksina o‘g‘irladi — Germaniya

Foto: «RIA Novosti»

Gamburg (Germaniya)dagi vaksinatsiya markazi shifokori og‘ir kasallikka chalingan xotinini emlash uchun vaksina o‘g‘irladi — uning ayoli vaksinatsiya qilinayotgan aholi toifasiga kiritilmagandi.

Shifokor vaksina to‘ldirilgan shpritsni yashirincha cho‘ntagida olib chiqqan.

«Bild» nashri tarqatgan ushbu xabarni shahar sog‘liqni saqlash departamenti tasdiqladi: chindan ham yanvar oyining o‘rtalarida 69 yoshli erkak (shifokor) shpritsni vaksinaga to‘ldirib chiqib, vaksinatsiya markazi kirish qismida kutib turgan rafiqasini emlagan.

Qoidabuzarlik o‘sha zahoti fosh etilgan, shifokorni ertasigayoq ishdan haydashgan. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘algan, deyiladi xabarda.

Shifokorning xotinini esa vaksinaning ikkinchi dozasi bilan emlashdi.

«Birinchi emlash qilingan bo‘lsa, ikkinchisi ham shart. Aks holda vaksina behuda sovurilgani qoladi. Agarda ikkinchi emlash bajarilmasa virus mutatsiyasi ehtimoli kuchayadi, bu odamning o‘zi xavfli tarqatuvchiga aylanishi mumkin», — dedi department vakili Martin Helfrix.

Helfrix qo‘shimcha qilishicha, xavfsizlik choralari kuchaytirilgani bois ko‘p miqdordagi vaksinani o‘g‘irlash imkonsiz. Maxsus qo‘riqlanadigan ombordan avvaliga vaksinaning birinchi dozasi keltiriladi. Qolaversa, uni o‘ta past haroratda saqlash talab etilishi ham o‘g‘rilar uchun muammo tug‘dirishi aniq. «Vaksina shunchaki shpritsda cho‘ntakka solib olib chiqib ketiladigan narsa emas», — ta’kidladi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring