Shifokor «omikron» shtammidan himoyalanish yo‘llaridan birini aytdi
![Shifokor «omikron» shtammidan himoyalanish yo‘llaridan birini aytdi](http://static.xabar.uz/crop/3/9/720_460_95_3920012349.jpg)
Rossiyalik tibbiyot fanlari doktori Dmitriy Yedelev NTV telekanalidagi «Svoya pravda» ko‘rsatuvi efirida insonlarga koronavirusning «omikron» shtammidan himoya qilish yo‘lini ma’lum qilgan.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, yangi shtammni yuqtirmaslikning samarali usuli bor — «Sputnik» V vaksinasi bilan emlanish.
Uning ta’kidlashicha, Janubiy Afrikadagi tibbiyot xodimlari Johnson & Johnson vaksinasi bilan emlangan.
«Bu vaksina «Sputnik» Vga juda o‘xshaydi. Janubiy Afrikadagi shifokorlar yangi shtammni yuqtirmayaptilar. O‘zaro o‘xshashlikdan kelib chiqadigan bo‘lsak Johnson & Johnson samara beryapti, demak «Sputnik» V ham samara beradi», — deya xulosa qilgan u.
Avvalroq olimlar SARS-CoV-2 koronavirusi kamida 2026-yilgacha xavf solishi mumkinligini ma’lum qilishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter