Shifokor qulupnayning foydali xususiyatlarini sanadi
![Shifokor qulupnayning foydali xususiyatlarini sanadi](http://static.xabar.uz/crop/5/3/720_460_95_531658007.jpg)
Terapevt va parhezshunos Yelena Tixomirova qulupnay mevasining muhim foydali tomonlarini ochiqladi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bu rezavorda foydali moddalar ko‘p va kaloriya miqdori kam.
Qulupnay tolaga boy (100 gr rezavorda taxminan 2 gramm bu modda mavjud), shuning uchun u oshqozon-ichak traktining harakatchanligiga foydali ta’sir ko‘rsatadi.
100 gramm qulupnay, shuningdek, C vitaminining kunlik qiymatining yarmi va soch, tirnoq va tishlar uchun muhim bo‘lgan kremniyning uch kunlik qiymatini o‘z ichiga oladi.
Shu bilan birga, 100 gramm qulupnay 45-47 kkal quvvat va ozgina uglevodlardan tarkib topadi. Shuning uchun, qulupnay vazn yo‘qotmoqchi bo‘lganlar uchun foydali mevadir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter