Shifokor umrni keskin qisqartirishga qodir holatni aytdi
Inson tanasining asosiy qotili yog‘dir. Bu haqda jarroh va onkourolog Mark Gadzyan ma’lum qildi.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, ortiqcha vazn diabet, ateroskleroz va umurtqa churrasi rivojlanishiga olib keladi. Qo‘shimcha vazn gipertenziya, yurak-qon tomir kasalliklari, gut va yo‘g‘on ichak saratoniga sabab bo‘ladi.
«Semizlik hayotni o‘rtacha 10 yilga qisqartiradi», deb ta’kidladi shifokor va 60 yildan keyin yo‘qotilgan har uch kilogramm hayotni bir yilga qo‘shishini qo‘shimcha qildi.
Bolalik va yoshlikdagi ortiqcha vazn ham xavflidir, chunki kelajakda turli kasalliklarni rivojlanish xavfini tug‘diradi. Mutaxassis hayot davomida tana massasi indeksini kuzatish, to‘g‘ri ovqatlanish, konservantlarni o‘z ichiga olgan oziq-ovqatlarni diyetadan chiqarib tashlash va jismoniy faoliyatni unutmaslikka chaqirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter