Shifokorlarning himoya kiyimlari o‘zgaradi

«COVID-19» bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha vaqtinchalik ko‘rsatmalar»ning oltinchi nashrida bemorni parvarish qilish, uni davolash jarayonida amal qilish lozim bo‘lgan shaxsiy himoya qoidalari haqida ham ma’lumot berilgan.
SSV matbuot xizmati xabar berishicha, yangi nashrga ko‘ra, endilikda dunyo tajribasi va mahalliy iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda havo o‘tkazmaydigan himoya kombinezoni o‘rniga hozirgi iqlim sharoitiga mos tibbiy himoya kiyimlaridan foydalanishga o‘tiladi.
Bu to‘xtamga xalqaro tajriba, shifokorlarning fikri va ularning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash masalalarini to‘la inobatga olgan holda kelindi. Ammo tibbiyot xodimlari qo‘lqop, qalpoqcha, N-95 respirator niqobi, xavfsizlik ko‘zoynagi va yuz uchun to‘siqlar bilan doimiy himoyalanishi shart.
Ta’kidlash joizki, davolash muassasalarida xavf yuqori bo‘lgan reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlarida tibbiyot xodimlari yuqorida keltirilgan himoya vositalari bilan birga oldingi kombinezonlardan doimiy tartibda foydalanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter