Shifoxonada sodir bo‘lgan yong‘in 29 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Joriy yilning 18 aprel kuni Xitoyning Pekin shahrining janubi-g‘arbidagi shifoxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, qutqaruv xizmatiga 18 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 12.57 da shifoxonada yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan. Shundan so‘ng o‘t o‘chiruvchilar guruhi tezda voqea joyiga yetib borgan. 40 daqiqa ichida yong‘in o‘chirilgan. 71 nafar bemor xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.
Fentay tumani ma’muriyatining ma’lum qilishicha, hozirda yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 29 kishi tashkil etmoqda.
Vaziyatga aloqador 12 nafar mas’ul shaxsni, jumladan, shifoxona direktorini hibsga olingan. Vakolatli davlat organlari hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter