Shimoliy Koreya yaqin oylar ichida Rossiyaga qo‘shimcha askarlar yuborishi mumkin

KXDR iyul yoki avgust oylarida Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiyaga qo‘shimcha qo‘shin jo‘natishi mumkin.
Bu haqda Janubiy Koreya parlamentidagi va, o‘z navbatida mazkur mamlakat razvedkasi (NIS)ga tayanib Reuters agentligi xabar qilmoqda. Agentlik o‘z manbalariga tayanib, Rossiya shu oylarda Ukrainada keng ko‘lamli hujumga tayyorgarlik ko‘rayotganini yozadi.
Janubiy Koreya parlamentidagi manbalar, shuningdek, Rossiyaga yuboriladigan Pxenyan armiyasiga yangi chaqiruvlar va 17-iyun kuni prezident Putinning topshirig‘iga binoan Kim Chen In bilan uchrashish uchun Pxenyanga borgan Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoyguning KXDRga tashrifi haqidagi razvedka ma’lumotlarini keltirmoqda.
Interfaks xabariga ko‘ra, ular, jumladan, Ukraina atrofidagi vaziyat va 2024-yil 19-iyun kuni Pxenyanda imzolangan Har tomonlama strategik sheriklik shartnomasining alohida bandlarini muhokama qilgan.
Shuningdek, razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Pxenyan Moskvaga artilleriya o‘q-dorilarini yetkazishda davom etmoqda va buning evaziga sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish va raketalarni nishonga olish tizimlari bo‘yicha texnik maslahatlar olayotgan bo‘lishi mumkin.
Manba: reuters.com
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter