Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi aprelda o‘tkaziladi

Professional ringda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan va mag‘lubiyatsiz seriyalarini davom ettirayotgan Shohjahon Ergashev o‘zining navbatdagi jangini ham AQShda o‘tkazadi.
Shu yilning 28-aprel kuniga belgilangan jang Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi. Biroq hozircha mazkur to‘qnashuvda unga kim raqib bo‘lishi noma’lum.
U so‘nggi marta joriy yilning 12-yanvar kuni ringga ko‘tarilib, yengilmas amerikalik Soni Fredriksonni uchinchi raundda texnik nokautga uchratgan. Mazkur g‘alabadan so‘ng Butunjahon boks uyushmasi (WBA)ning reytingida 12-pog‘onaga ko‘tarilib olishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas