Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shomurodov italyan bolalarini xursand qildi

Shomurodov italyan bolalarini xursand qildi

Italiyaning «Roma» jamoasi bugundan mashg‘ulotlarni boshlagan. «Trigoriya» bazasiga futbolchilar birma-bir kirib kelishgan.

Aytilishicha, eng avval hujumchi Zanolo kelgan bo‘lsa, undan keyin yangi futbolchi Nemanya Matich va Eldor Shomurodov mashq maydoniga kirgan.

Futbolchilar darvoza oldida to‘plangan bolalarga dastxat berishgan, shu jumladan, Eldor Shomurodov ham libosga dastxat qo‘yib bergan.

Ko‘pchilik o‘yinchilar ta’tilini qisqartirishga majbur bo‘lgan, Shomurodov ham vaqtliroq qaytgan. Hamma bosh murabbiy Joze Mourinoning e’tiboriga tushishni istayotgani yozilgan italyan nashrlarida.

«Roma» yangi mavsumda Yevropa ligasida o‘ynaydi. Milliy chempionat esa 14 avgustdan boshlanadi. 1-turda rimliklar «Salernitana» mehmoni bo‘lishadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Yevropa konferensiyalar ligasida eng tezkor futbolchi deb Eldor Shomurodov topilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring