Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shomurodov Konferensiyalar ligasi rekordchisi bo‘ldi

Shomurodov Konferensiyalar ligasi rekordchisi bo‘ldi

Italiyaning «Roma» jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov o‘tgan mavsumda Konferensiyalar ligasida eng tezkor o‘yinchi deb topilgan.

Gap shundaki, liga rasmiy sayti musobaqaning eng tez futbolchilari ro‘yxatini tuzib chiqqan. Shomurodov soatiga 33,6 km. ko‘rsatkich bilan birinchi o‘rinni olgan.

U «Feyenoord»ning 3 futbolchisi: Dessers, Sinisterra va Malasiyani ortda qoldirgan. 5-o‘rinni rimliklar himoyachisi Kris Smolling egallagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring