Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sho‘rtanda tozalangan metan gazi asosida suyuq yoqilg‘i ishlab chiqariladi

Sho‘rtanda tozalangan metan gazi asosida suyuq yoqilg‘i ishlab chiqariladi

Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida tozalangan metan gazi asosida suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish va majmuadagi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish investitsiya loyihalari doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Hozirda «Sredazenergosetproekt» Aksiyadorlik jamiyati loyiha instituti bilan birgalikda Sho‘rtan GKM va GTL zavodi tashqi elektr ta’minoti loyihasi ishlab chiqilgan.

Amalga oshirilayotgan loyihalar uchun ishlab chiqilgan tashqi elektr ta’minoti uchun har biri 125 MVA quvvatga ega 2 transformatorli «GTL 220/35/10 kV» podstansiyasi qurilish ishlari faol davom ettirilmoqda va barcha qurilish, montaj va sozlash ishlari belgilangan muddatda bajariladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring