Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» shoshilinch axborot e’lon qildi

«O‘zgidromet» shoshilinch axborot e’lon qildi

Foto: «Xabar.uz»

Gidrometeorologiya markazi xabariga ko‘ra joriy yilning 29-iyulidan 1-avgustigacha yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda.

Shu sababli, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda:

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

«Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring