Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuchli yomg‘ir, shamol, chang-to‘zon... «O‘zgidromet» yana ogohlantirdi

Kuchli yomg‘ir, shamol, chang-to‘zon... «O‘zgidromet» yana ogohlantirdi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 8 may kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga va 9-11-may kunlari respublikaning barcha hududlariga Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo kirib keladi.

8 mayda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, 9-11-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin, jumladan:

  • 9-mayda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida;
  • 10-mayda Buxoro, Navoiy viloyatlarida;
  • 10-11-mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

8-10 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, shimolda va cho‘l hududlarda 22-25 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

10-11 mayda kunduzgi havo harorati 20-25° gacha pasayadi.

2022 yil 11 may yog‘ingarchilik miqdori (12 soatda mm) tarqalishi xaritasi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring