Shoygu harbiy isyondan keyin ilk bor ko‘rinish berdi
Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Sergey Shoygu harbiy isyon boshlanganidan keyin birinchi marta ko‘rinish berdi.
Rossiya ommaviy axborot vositalari Shoygu g‘arbiy qo‘shinlar guruhining oldinga qo‘mondonlik punktini ko‘zdan kechirgani haqidagi kadrlarni e’lon qildi.
Avvalroq «Vagner»ning harbiy qo‘zg‘olonidan keyin Shoygu iste’foga ketishi mumkinligi haqida mish-mishlar paydo bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, 24 iyun kuni Yevgeniy Prigojin o‘z qo‘shinlari bilan Moskva tomon «yurish» qilarkan, vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimovni yollanma askarlarga topshirishni talab qilgandi.
Endi esa Prigojin Rostovdan ketganidan beri aloqaga chiqmayapti va uning qayerda ekanligi noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter