Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shoygu uch haftadan keyin ko‘rinish berdi

Shoygu uch haftadan keyin ko‘rinish berdi

Sergey Shoygu.

Rossiya harbiylari Ukrainadagi «maxsus operatsiya» doirasida o‘z rejasini izchil bajarmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Sergey Shoygu aytib o‘tdi.

U G‘arb davlatlarini Ukrainadagi jangovar harakatlarni imkon qadar uzaytirishni xohlayotgani uchun qoraladi.

«AQSh va G‘arb davlatlari maxsus harbiy operatsiyani imkon qadar cho‘zish uchun hamma ishni qilmoqda. Xorijdan qurol-yarog‘ yetkazib berish hajmining ortib borayotgani ularning Kiyev rejimini «oxirgi ukrainalikgacha» kurashishga undash niyatini yaqqol ko‘rsatib turibdi», — deya vazirning so‘zlaridan iqtibos keltirdi TASS.

E’tiborlisi, Sergey Shoygu bunga qadar uch hafta ko‘rinish bermagandi. U oxirgi marta 29 mart kuni «harbiy operatsiya»ning borishi haqida izoh bergandi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin va mudofaa vaziri Sergey Shoygu o‘rtasida Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainadagi yo‘qotishlari haqida Kreml rahbariga aytilmagani sababli keskinlik kuchaygani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring