Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiyada 150 yildan beri bunday ayanchli hol kuzatilmagandi

Shvetsiyada 150 yildan beri bunday ayanchli hol kuzatilmagandi

Foto: «Pod.aevl.us»

Shvetsiyada 2020-yilning birinchi yarmida o‘lim darajasi 51,4 ming kishini tashkil etadi. Bu 1869-yildan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bu haqda Shvetsiya davlat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib CNN xabar bergan.

Joriy yil yanvardan iyunga qadar 51 405 ta o‘lim holati ro‘yxatga olingan. 1869-yilda o‘lim darajasi 54,4 ming kishini tashkil etgandi. O‘shanda bunga ochlik sabab bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, bu yilgi ko‘rsatkich 2015-2019-yillardagi ko‘rsatkichga qaraganda 4,6 mingta ko‘pdir.

Shvetsiya boshqa davlatlardan farqli o‘laroq qat’iy cheklovlarni joriy etmadi: infeksiya tarqalishiga qaramay u yerda xizmat ko‘rsatish korxonalari, maktab va bog‘chalar faoliyatini davom ettirdi. Hukumat aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirish bilan cheklanib qo‘ya qoldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring