Shvetsiyadagi shaharni kalamush bosib ketdi

Shvetsiyaning Sandsvoll shahrini kalamush bosib ketdi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
«The Local» nashrining yozishicha, Sandsvoll shahridagi kalamushlar o‘rmondagi turdoshlaridan keskin farq qiladi.
Shahar mulozimlaridan Benni Sagmo: «Bular (kalamushlar) o‘rmondagi turdoshlaridan keskin farq qiladi. Bular mushukka teng», — degan.
Shahar aholisiga eshik va derazalarni mahkamlab yurish va ko‘chalarga oziq-ovqat qoldiqlari tashlamaslik tavsiya etilyapti.
Maktablarda o‘quvchilarga tanaffus payti ta’lim muassasasidan tashqariga chiqmasliklari bo‘yicha topshiriq berildi.
Ayni paytda shaharning turli nuqtalariga qopqonlar qo‘yib chiqilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter