Shveysariya tog‘larida sayyohlar halok bo‘lishdi
Shveysariya shimolida Pfefers kommunasi yaqinidagi bo‘ron paytida uch nafar ispan sayyohi halok bo‘ldi, bittasi bedarak ketdi, deya xabar berdi «Matin» nashri politsiya ma’lumotlariga tayanib.
Chorshanba kuni kechasi bo‘ron boshlanganda sayyohlar kanoning (suzuvchi vositalarsiz kanonlarni zabt etish) bilan shug‘ullanayotgan bo‘lishgan.
Tabiiy ofat chekinganda hodisa joyiga qutqaruvchilar yetib kelishgan. Ular uchta murdani topishga muvaffaq bo‘lishdi.
To‘rtinchi sayyohni qidirish ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter