Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi XXR raisi Si Szinpinning taklifi bilan Pekinga bordi

Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi XXR raisi Si Szinpinning taklifi bilan Pekinga bordi

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga amaliy tashrif bilan Pekin shahriga keldi.

«Shoudu» xalqaro aeroportida O‘zbekiston yetakchisini XXR favqulodda vaziyatlar vaziri Van Syansi va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. 

Oliy martabali mehmonlar sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrif doirasida 17-18-oktyabr kunlari Shavkat Mirziyoyev XXR Raisi Si Szinpin va Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin bilan muzokaralar, boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston yetakchisi «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumining ochilishida ishtirok etadi va yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring