Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Si Szinpin Putinning taklifini rad etgani aytildi

Si Szinpin Putinning taklifini rad etgani aytildi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov matbuot brifingida Xitoy rahbari Si Szinpin Putinning taklifiga binoan mamlakatga tashrif buyurishdan bosh tortgani haqidagi xabarlarni izohladi.

«Bu mutlaqo to‘g‘ri emas. Gap shundaki, Xitoyda koronavirus cheklovlari davom etmoqda. Bu normal holat va to‘g‘ri munosabatda bo‘lish kerak. Bu cheklovlar yumshatilgandan so‘ng, tashriflarni amalga oshirishga imkon tug‘iladi», — deydi  Peskov.

Avvalroq Yaponiyaning Yomiuri gazetasi o‘z manbalariga tayanib, Si Szinpin COVID-19 pandemiyasi tufayli Vladimir Putinning tashrif bo‘yicha taklifini rad etgani haqida xabar bergan edi.

Taklif 2022-yil 15-iyun kuni, Xitoy rahbarining tug‘ilgan kuni sabab uyushtirilgan telefon muloqotida bo‘lgan. XXR raisi koronavirus cheklovlari sabab yaqin orada Rossiyaga tashrif buyura olmasligini aytgan. Ta’kidlash joizki, Si Szinpin 2020-yil yanvardan buyon xorijiy davlatlarga safar qilmagan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring