Sibirda 40 ming yillik toychoq topildi
Rossiyaning Sibir mintaqasida 40 ming yillik toychoqqa oid qoldiqlar topildi, deya xabar beradi «Hurriyet.com». Ikki oylik toychoqning tasviri ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.
Qoldiq dunyodagi eng sovuq hudud bo‘lgan Yakutiya shahrining Batay qasabasida muz ostidan topildi. Rus tadqiqotchilari hududda mamont qoldliqlarini qidirishayotgan edi.
Bo‘yi 1 metrga yaqin bo‘lgan toy qoldig‘i muz ostida bo‘lgani uchun aynimagan ekan. Hatto yollarining bir qismi ham saqlanib qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter