Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sichqonlar va sakkiz politsiyachi

Sichqonlar va sakkiz politsiyachi

Foto: pixabay

Argentinaning Pilar shahridagi politsiya omborida saqlanayotgan 540 kilogramm marixuana yo‘qolib qoldi. Kelishib olishganmi nima balo, hodisada gumonlangan sakkiz nafar politsiyachining bilib olgani shu: «Narkotiklarni sichqonlar yeb bitirgan!».

Ammo ularga ishonishmadi. Sud ekspertlari kemiruvchilar narkotiklarni yeyishiga shubhalanishgan. «Shuncha narkotikni paqqos tushirgan sichqonlar allaqachon o‘lgan bo‘lardi», — deyishgan ekspertlar.

Sudyaning vakili ham ekspertlardan iqtibos keltirgan: «Agar sichqonlar bu ahmoqlikni qilishganida, ombor ularning o‘ligi bilan to‘lib ketgan bo‘lardi».

So‘nggi ikki yil davomida Pilardagi politsiya omborida 6 tonna marixuana saqlab kelinayotgandi. Endi 5,5 tonnadan ozrog‘i qoldi...

«Sichqonlar va sakkiz politsiyachi» cho‘pchagi qanday yakun topadi — buni 4 mayga belgilangan sud majlisidan so‘ng bilib olamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring