Sifatsiz benzin sotgan AYQShlar aniqlandi
Respublikamizning 50 ga yaqin avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida sotilayotgan benzinlarning sifatini o‘rganish uchun nazorat xaridi o‘tkazildi.
Laboratoriya tahlillari xulosasiga ko‘ra, 15 ta AYoQShda Ai-92 va Ai-95 markali sotilgan benzinlar sifatsiz ekani ma’lum bo‘lgan.
Xususan, Samarqand viloyatining 12 ta xizmat ko‘rsatuvchi shoxobchalari — «GULOBOD OIL SERVICE», «RUSTAM GAZ OIL», «AZAMAT GAZ SERVIS», «JONIBEK MOBILE», «SAMARQAND LADA», «KUTFI BOBO», «SAM MEGA PETROLEUM», «ECO STANDART SERVICE», «BOG‘IZAG‘ON ABDUGAFFOR», «GULOBOD GAZ SERVIS», «SHUXRAT», «RAVOT GAZ SOY» kabi o‘nlab MChJlar nomlari keltirib o‘tilgan.
Shuningdek, Farg‘ona viloyatining «FERNOVAGAZ» MChJ, Surxondaryo viloyatining « BEK BARAKA 777» XK va Namangan viloyatining « XONABOD 2000» xizmat ko‘rsatuvchi shoxobchalarining benzinlari ham sifatsiz ekani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur nazorat xaridlari natijasida yuqorida nomlari keltirilgan xizmat ko‘rsatuvchi shoxobchalar tomonidan iste’molchilarga 201 mln. so‘mdan ortiq zarar yetkazilganligi aniqlangan.
15 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter