Sigaretalar uchun 2025 yildan kuchga kiradigan texnik reglament tasdiqlandi
Joriy yil 18 may kuni Hukumatning «Tamaki mahsulotlari uchun texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 290-son qarori bilan sigaretalar uchun 2025 yildan kuchga kiradigan texnik reglament tasdiqlandi.
Texnik reglament:
- eksport qilishga yoki respublika hududi orqali tranzit uchun mo‘ljallangan;
- yuridik shaxslar tomonidan ko‘rgazmali namunalar, sinovlar uchun namunalar sifatida sotish maqsadisiz olib kirilgan;
- jismoniy shaxslar, jumladan, chet el fuqarolari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish va keyinchalik sotish maqsadisiz olib kirilgan tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Shuningdek:
- xomashyo va ingrediyentlar;
- tashish va saqlash;
- ishlab chiqarish;
- qadoqlash;
- tibbiy ogohlantirishlarga talablarni belgilaydi.
Hujjat tamaki mahsulotlari uchun kimyoviy va mikrobiologik moddalar miqdorining yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori darajalarini belgilaydi.
Bundan tashqari, tamaki mahsulotlarining o‘ramida joylashtiriladigan tibbiy ogohlantirishlar namunalari tasdiqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter