Singapur tomoni bog‘cha bolalari uchun ta’lim dasturlarini ishlab chiqishga ko‘maklashadi

Bugungi yig‘ilishda qayd etilishicha, so‘nggi yetti yilda bog‘chalar bilan qamrov 700 mingdan 2,3 millionga yetkazildi. Bugungi kunda mamlakatda 7 mingta davlat va 31 mingdan ziyod xususiy bog‘chalar faoliyat yuritmoqda.
«Qamrov oshdi, lekin sifat bo‘yicha qiladigan ishlarimiz ko‘p. Bog‘chalar nafaqat tarbiya, balki bolada ta’lim olish uchun ilk ko‘nikmalarni shakllantiradigan maskanga aylanishi kerak», - dedi Prezident.
Olti yoshli bolalar maktabga tayyorlov guruhlariga deyarli to‘liq qamrab olindi. Keyingi yil bu raqam 100 foizga chiqishi kutilmoqda.
Endilikda joriy yildan ilg‘or xorijiy tajriba asosida maktabga tayyorlov guruhlari va boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Bunda Singapurning nufuzli tashkiloti bilan bog‘cha bolalarini matematika, tabiiy fanlar va texnologiya yo‘nalishlarida tanqidiy va kreativ fikrlashga o‘rgatadigan dasturlar ishlab chiqiladi.
Davlat va xususiy bog‘cha tarbiyachilarining malakasi, mahorati va psixologik tayyorgarligini oshirish uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter