Sirdaryo IIB rahbari Andijonga o‘tkazildi

Sanjar Jabarov Andijon viloyati IIBga rahbar etib tayinlandi.
Ichki ishlar vaziri ishtirokida xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi tashkil etildi.
Unda ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan, polkovnik Sanjar Buranovich Jabarov Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.U avval Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Andijon viloyat IBBning avvalgi rahbari Ayubxon Rahmatullayev IIV birinchi o‘rinbosari bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter