Sirdaryoda 17 yoshli o‘spirin kanalga cho‘kib ketdi

Sirdaryoda 17 yoshli o‘spirin kanalda cho‘kib ketgani bo‘yicha xabar tarqaldi.
Viloyat hokimligining ma’lum qilishicha, joriy yilning 26 aprel kuni Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Yangiyer shahar «Fazilat» MFY hududidan oqib o‘tuvchi «Janubiy Mirzacho‘l» kanalida 17 yoshli O‘.Sning belgilanmagan joyida cho‘milayotgan vaqtida cho‘kib ketganligi haqida xabar berilgan.
Voqea joyiga darhol viloyat FVB Yong‘in-qutqaruv otryadi g‘avvos-qutqaruvchilari yetib borgan. Hozirda viloyat FVB va IIB tomonidan qidiruv va dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tafsilotlar bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter