Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda «Cobalt» zovurga kirib ketdi

Sirdaryoda «Cobalt» zovurga kirib ketdi

Foto: FVV

FVV qutqaruvchilari tomonidan zovurga tushib ketgan avtomobil olib chiqildi.

Bugun, 31 iyul kuni soat 09:10 da Sirdaryo viloyati Guliston tumani Yulduz MFY hududidan oqib o‘tuvchi zovurga «Cobalt» rusmli avtomobil haydovchisi boshqaruvini yo‘qotish natijasida tushib ketganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Voqea joyiga FVB qutqaruv otryadi yetib borib, maxsus asbob-anjomlar va texnika yordamida avtomobil zovurdan olib chiqilgan.

Unga qadar, avtomobil haydovchisi va yo‘lovchi mustaqil tarzda qirog‘oqqa chiqib olishgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, deyiladi FVV xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring