Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda «Golden Dragon» YTHga uchradi

Sirdaryoda «Golden Dragon» YTHga uchradi

14-mart kuni Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lida haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan J.R. «Golden Dragon» rusumli avtobusda harakatlanayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan.

Natijada avtobus qarama-qarshi yo‘nalishni ajratib turuvchi to‘siqqa urilgan.

YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Avtobusda haydovchi va bir nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Ushbu YTH yuzasidan Sirdaryo tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring