Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda pora olgan mansabdor ushlandi

Sirdaryoda pora olgan mansabdor ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Viloyatning Sayxunobod tumanida tadbirkordan pora talab qilgan mansabdor qo‘lga tushdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan DXXning Guliston shahar bo‘linmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Sayxunobod tumani Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari G‘.N. (muqaddam JKning 167 va 205-moddalari bilan sudlangan) «S.X.» MChJga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida o‘tkazilgan tekshirishda aniqlangan 21 mln so‘m zararni bazaga kiritmaslik masalasini hal qilib berish evaziga MChJ rahbari Sh.dan 7 mln so‘m pora talab qilib, shundan 1 mln so‘mini qo‘lga kiritib, qolgan 6 mln so‘mini Sayxunobod tuman ETK ma’muriy binosida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring