Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda tutilgan 36 dona baliq salkam 700 mln so‘m ziyon keltirdi

Sirdaryoda tutilgan 36 dona baliq salkam 700 mln so‘m ziyon keltirdi

Foto: Ekologiya vazirligi

Sirdaryoda baliq ovlash tartibini buzgan ovchilar tabiatga salkam 700 mln so‘m zarar yetkazgani haqida Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi, Sirdaryo suv havzasini nazorat qilish bo‘limi, Sirdaryo viloyat DXX boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, Milliy gvardiya boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan reydda bu aniqlangan.

Daryoning (Sirdaryo) Guliston tumani «Terakzor» MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismida o‘tkazilgan reyd davomida fuqarolar I.D., B.Y. va I.D noqonuniy ov quroli, ya’ni elektr qarmoq hamda rezina qayiq vositasida turli xil jami 36 dona baliq, jumladan, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bir dona «Turkiston mo‘ylovdori» ovlangani ma’lum bo‘ldi.

Huquqbuzarlik oqibatida qator tegishli qonunlar buzilgan va hayvonot dunyosiga 694 million 220 ming so‘m zarar yetkazilgan,deyiladi xabarda.

Voqea bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, noqonuniy ovlangan 36 dona baliq, 1 dona elektr qarmoq, 1 dona rezina qayiq, 2 dona akkumulyator, 1 juft eshkak, 1 dona tutgich va 1 dona tungi yoritish moslamasi holatga huquqiy baho berilgunga qadar vaqtincha saqlash uchun olib qo‘yilgan.

Ish hujjatlari holatga huquqiy baho berish va chora ko‘rish uchun Sirdaryo viloyat prokuraturasiga yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring