Sirdaryoda velosipedlarda namoyish: xalqaro avtomobil yo‘li to‘sib qo‘yildi
Sirdaryoda «Indorama» klasterining ishchilari velosipedlarda avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘yishdi.
20 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh fuqarolar velosipedlarda M-39 xalqaro avtomobil yo‘lida mashinalar qatnovini to‘sib harakatlangani aks etgan video tarqaldi.
Ular klaster tomonidan to‘lanayotgan oylik kamligidan norozi ekanliklari sababli ish tashlayotganliklarini ma’lum qilishgan.
Tarqalgan videolavhada ishchilardan biri «oylik bermagani uchun (shunday qilgani), 1,5 mln so‘m hech narsani qoplamayotgani, o‘sha oylikni ham kamaytirishmoqchi bo‘lishayotganini» aytadi.
Amaldorlar esa ularning muammosini o‘rganmayotgani uchun xalqaro yo‘lni to‘sib qo‘yishganini bildirgan.
Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati «bu xorijiy kompaniya ekanligini, ularning ichki ishlariga hokimlik umuman aralashmasliklari»ni ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter