Sirdaryoda yo‘lovchi avtobus YTH natijasida ag‘darilib ketdi

Kecha Sirdaryo viloyatida yo‘lovchi «Isuzu» avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda «Sirdaryo xabarlari» kanalida ma’lumot berib o‘tilgan.
Xabarda aytilishicha, kecha, 2019 yil 11 iyul kuni tahminan soat 10dan o‘tganda Yangiyer - Guliston yo‘nalishida harakatlanayotgan «Isuzu» avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Avtobus yo‘l chetiga ag‘darilib tushgan.
Hozircha avtobusda qancha yo‘lovchi bo‘lgani va jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter