Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda haydovchini tunagan bosqinchi qo‘lga olindi

Sirdaryoda haydovchini tunagan bosqinchi qo‘lga olindi

Foto:«Sputnik»

Joriy yilning 17-fevral kuni Qiziltepa tumani, Navoiy MFYda yashovchi D.N. Sirdaryo tumani IIBga  murojaat qilgan.

U o‘z arizasida yozishicha, o‘sha kuni Sirdaryo tumanidan o‘tgan Termiz-Toshkent yo‘nalishida yo‘l chetida o‘ziga tegishli avtomashinada tanishi A.L. hamda ukasi O.T. lar bilan uxlab yotgan vaqtida, no’malum shaxslar hujum uyushtirgan.

Bosqinchilar avtomashina chap orqa yon oynasini asfalt bo‘lagi bilan urib sindirib A.L. ga tegishli qora rangli sumkasini ichida bo‘lgan 2.473.000 so‘m pullarini, fuqarolik pasportini, 500 000 so‘mlik uyali aloqa telefonini, yana 1.000.000 so‘m naqd pul, hisobida 3.000.000 so‘m bo‘lgan «Ipak yo‘li» bankining plastik kartochkasini va 2 dona qarz daftarlarini talon-taroj qilishgan.

Sirdaryo viloyati IIB JQB tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni U.F. sodir etganligi aniqlanib, u daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.

U.F. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-modda 2-qismi «v» bandi va 227-modda 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring