Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryodagi korxonada salkam 1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlandi

Sirdaryodagi korxonada salkam 1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Sayxunobod tumanida 802,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sayxunobod tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda “Q.” xususiy korxonasi mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, korxonaning ishlab chiqarish binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 802,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring