Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sirli xaridor»lar qanday tartibda tayyorlanadi?

«Sirli xaridor»lar qanday tartibda tayyorlanadi?

Hukumatning joriy yil 22-oktyabrdagi 667-sonli qarori bilan nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) tomonidan «sirli mijoz» va nazorat xaridi tadbirlarini amalga oshirish tartiblari belgilangan edi. Bu orqali tibbiy xizmat ko‘rsatish va savdo sohalarida qonun talablariga rioya etilishini NNTlar tomonidan xolis baholash tizimi joriy etiladi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 3722-son qarori bilan nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlarini o‘qitish va ularga «sirli xaridor» maxsus sertifikatini berish hamda xarid faoliyatini nazorat qilish tartibi belgilandi.

Nizomga muvofiq, NNT xodimlarini o‘qitish ularning buyurtmanomalari bo‘yicha Qo‘mita huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlarini o‘rganish markazi tomonidan amalga oshiriladi. O‘quv kurslari yakunida tinglovchilarga kursni tamomlaganlik to‘g‘risida maxsus sertifikat beriladi.

Tinglovchilar uchun o‘quv kurslarining davomiyligi 18 soatni tashkil etadi. Bunda ariza beruvchining iltimosiga ko‘ra o‘quv kurslarining davomiyligi 30 soatgacha uzaytirilishi mumkin.

Tinglovchilar uchun o‘quv kurslari Markazda yoki masofaviy ta’lim shaklida tashkil etiladi.

O‘quv dasturi quyidagi masalalarni qamrab oladi:

  • iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi;
  • «sirli xaridor» tadbirlari va nazorat xaridini o‘tkazish, ularning natijalarini rasmiylashtirish asoslari va tartibi;
  • savdo, xizmat ko‘rsatish va reklama sohasidagi amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilish;
  • axborotning maxfiyligiga rioya qilish.

O‘quv kurslari yakunida Markaz tinglovchilarning bilimi va o‘zlashtirishini baholash uchun test sinovlarini o‘tkazadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring