Smartfon yordamida COVID-19ni aniqlash mumkin
Fransuz olimlari smartfon yordamida odam organizmida koronavirus borligini aniqlay oladigan qurilmani yaratishdi, deya xabar bermoqda «Gazeta.ru» BFM telekanaliga tayanib.
COVID-19ni tekshiradigan yangi test Lill universiteti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqildi. Qayd etilishicha, qurilma o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan oddiy fleshkani eslatadi. Uning qurilmasi koronavirusni o‘rab turuvchi proteinli birikmalardan ta’sirlanadi.
Jihozni ishlatish uchun mobil moslamaga ulanadi. So‘ngra burun-halqumdan olingan ozgina shilimshiq moddasi test tasmasiga qo‘yiladi.
Olimlarning ta’kidlashicha, infeksiyaning yangi turini aniqlovchi test natijasi 10 daqiqada tayyor bo‘ladi. Qurilma tahlil ma’lumotlarini telefon ekraniga uzatadi. Ishlab chiqaruvchilarning fikriga ko‘ra, qurilma virusni 90% aniqlab beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter