Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘ta xavfli ilonning qochishi butun shaharni qo‘rquvga solmoqda

O‘ta xavfli ilonning qochishi butun shaharni qo‘rquvga solmoqda

Foto: pixabay

Niderlandiyada joylashgan shaharda o‘ta xavfli ilon qafasidan qochib ketdi, shahar hokimiyati aholini ogohlantirgan. 

Hozir 200 ming kishilik shaharchada uzunligi taxminan 2 metr bo‘lgan Afrika yashil mamba iloni qidirilmoqda. Aholi ilonga duch kelsa, darhol tez yordam xizmatiga murojaat qilishlari kerakligi aytilgan.

Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, ilonni shahar aholisidan biri o‘z uyidagi terrariumda saqlagan. Lekin sudralib yuruvchi u yerdan chiqib ketgan. Ilonlar sovuqni yoqtirmaydi va odatda qorong‘i joylarni afzal ko‘radi, shuning uchun u uylardan biriga kirgan bo‘lishi mumkin, hatto egasining uyidan chiqmagan bo‘lishi mumkin.

Tabiatda ilonning bu turi, Afrika yashil mambasi qushlar va sutemizuvchilar bilan oziqlanadi. Ammo uning chaqishi halokatli bo‘lganligi sababli, shahar hokimiyati aholini ogohlantirishga qaror qildi. Ilonning zahri inson uchun og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring