Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Snoudenga Rossiya pasporti berildi

Snoudenga Rossiya pasporti berildi

Foto: Riafan

Amerika maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden Rossiya pasportini oldi. Bu haqda advokat Anatoliy Kucherena ma’lum qildi.

Uning aytishicha, yaqinda Snouden bilan ko‘rishgan, uning ishlari yaxshi.

«Ha, oldi», — deb javob berdi advokat jurnalistning tegishli savoliga. RIA Novosti xabar berishicha, Snouden qasamyod qilgan.

Advokat, shuningdek, Snoudenning xotini hozir Rossiya pasporti olish uchun «ariza topshirish jarayonida» ekanini qo‘shimcha qildi.

Ma’lumot uchun: AQSh va Britaniya maxsus xizmatlarining maxfiy ma’lumotlarini ochiqlagani bois 2013-yildan ta’qibga tushgan Snoudenga keyinchalik Rossiya boshpana bergan edi. 2014-yilda u Rossiyada yashash huquqiga ega bo‘ldi, fuqarolik olish istagini bildirdi. Rossiyada yashab turib uylandi, o‘g‘li shu yerda tug‘ildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring