Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi

Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson Oksfordshirdagi saylov uchastkasida ovoz berishga qo‘yilmadi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

«Boris Jonson mahalliy saylovda ovoz bermoqchi bo‘lganida, o‘zi bilan rasmli guvohnomani olib kelishni unutgani sabab, mahalliy saylov uchastkasidan qaytarildi», dedi jurnalistlar.

Qayd etilishicha, tegishli fotoidentifikatsiyani taqdim etish Jonsonning o‘zi  tashabbus ko‘rsatgan qonun bilan 2022-yilda joriy qilingan.

Siyosatchi matbuot kotibining aytishicha, yakunda Jonson ovoz berishga muvaffaq bo‘lgan va konservatorlarni qo‘llaganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Boris Jonson 2019-2022-yillarda Britaniya bosh vaziri sifatida ish olib borgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring