Sochida birinchi qor yog‘di (video)
Sochi kurortlarining birida, dengiz sathidan 2050 metr balandlikda birinchi qor yog‘di.
Guvohlarga ko‘ra, 7-sentyabr tongidan qor yog‘a boshlagan. Oxirgi marta 30 yil burun bu yerda birinchi qor shunaqa erta yoqqan ekan, deyiladi «Sochi24.tv» telekanali xabarida.
Mahalliy aholi birinchi qor foto va videolarini ijtimoiy tarmoqlarda ulashmoqda.
O‘tgan yilning martida Sochiga qizg‘ish qor yoqqan edi. Sahroi Kabirdagi kuchli qum bo‘roni juda ko‘p changni osmonga uchirib ketgan va natijada Rossiya, Bolgariya, Ukraina va Moldovaga Afrika qumi tusidagi yog‘in yoqqandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter