Sodiq Safoyev Yaponiyaning oliy ordeni bilan mukofotlandi

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni chuqurlashtirish va do‘stona munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun «Ko‘tarilayotgan quyosh ordeni katta tasmasi» ordeni bilan taqdirlandi.
Bu haqda Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati xabar bergan.
Ushbu mukofot Yaponiyaning eng yuqori ordeni bo‘lib, O‘zbekistonda birinchi marta berilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sodiq Safoyev Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori ham sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter