Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yangilandi

Sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yangilandi

Bugun mamlakatimiz hududlarida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 784 nafari sog‘aydi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, bemorlarning 467 nafari Toshkent shahrida, 184 nafari Toshkent viloyatida, 41 nafari Andijon viloyatida, 32 nafari Qashqadaryo viloyatida, 22 nafari Xorazm viloyatida, 21 nafari Sirdaryo viloyatida, 13 nafari Namangan viloyatida, 4 nafari Farg‘ona viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija kecha, 30 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatimizning turli hududlarida 743 nafar bemor tuzalgandi.

Shunday qilib, yurtimizda 14 464 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 60 foizni tashkil qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring