Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘liqni saqlash tizimida rahbarlarni rag‘batlantirish tizimi o‘zgartiriladi

Sog‘liqni saqlash tizimida rahbarlarni rag‘batlantirish tizimi o‘zgartiriladi

Tuman va viloyat darajasida kasalliklarning oldini olish va samarali davolash bo‘yicha yangiliklar olib kirgan, bemorlarni hududning o‘zida davolay olgan, dori berishni tartibga keltirgan, shifoxonasiga yaxshi kadrlarni jamlab, ularni muntazam o‘qitib borayotgan, sog‘lom muhit va sifatli servisni yo‘lga qo‘ygan, raqamlashtirishni to‘liq yakunlagan eng zo‘r viloyat, tuman sog‘liqni saqlash bo‘limlari, oilaviy poliklinika mudirlariga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tibbiyot xodimi» unvoni, orden va medallar, 30 million so‘mdan pul mukofoti beriladi.

Ular rahbarlik qilayotgan shifoxona va poliklinika infratuzilmasini yaxshilashga 500 million so‘mdan ajratiladi.

Har bir viloyatda eng yaxshi 2 ta tumanning sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbari va oilaviy poliklinika mudiri AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Koreya, Turkiya kabi tibbiyoti rivojlangan mamlakatlarga menejerlikka o‘qitish uchun yuboriladi.

Bunday tanlov 26 ta ixtisoslashgan markaz uchun ham bo‘ladi.

Jumladan, klinik protokollarni eng ilg‘or tajribalar asosida yangilagan, davolashning yangi usullarini joriy qilgan, tuman va mahallada ishni to‘g‘ri tashkil qilgan, xorijdan yaxshi hamkor topib, mutaxassis va investitsiyalarni olib kelgan, markazini zamonaviy uskunalar va laboratoriyalar bilan jihozlagan, tibbiy xizmatlar eksportini karrasiga oshirgan markaz direktorlari, filiallar rahbarlari ham munosib taqdirlanadi.

«Shunday qilsak, poliklinikada, tuman va viloyat shifoxonalarida, respublika markazlarida raqobat va ishchanlik muhiti paydo bo‘ladi, yaxshi tajribalar yuzaga chiqadi, munosib soha vakillari adolatli mukofotlanadi, g‘ururi yuksaladi.

Xalqimiz ham buning bevosita ishtirokchisiga aylanadi»,  – dedi Prezidentimiz.

 

https://t.me/Press_Secretary_Uz/6447

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring